O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

 

JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

 

“SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI


KURS ISHI


Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar


Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.

TOSHKENT-2003

Mundarija

 

1.   Kirish........................................................................ 3

2.   Urushning sabablari................................................. 4

3.   Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari........... 5

4.   Germaniyaning bosqinchilik rejalari....................... 7

5.   1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar.............. 8

6.   Bolgariyaning urushga qo’shilishi........................... 12

7.   Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya................ 14

8.   Birinchi jahon urushining yakunlanishi................. 17

9.   Xulosa....................................................................... 18

10.                                                                                                         Foydalanilgan adabiyotlar 19

Kirish

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo’shildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish, ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo’lib olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu – dunyoni qaytadan bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bo’lish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab bo’ldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi podshoxi bo’lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi – ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.

Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida Franc-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari tomonidan o’ldiriladi.

Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi o’zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda  Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bo’lgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo’llab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng 1915 yil 23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu tariqa birinchi jahon urushi boshlanadi.

Urushning sabablari

Urushning eng asosiy sabablari bu – Yevropa davlatlarining ikki harbiy-siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida ta’sir doiralarini qaytadan bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.

Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish, Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy O’rta Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo’lish edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bo’g’ozlarida o’z hukmronligini o’rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish, Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari o’rtasida kelajak o’ljani qay tarzda bo’lib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bo’lish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini to’la mag’lubiyatga uchratishni ko’zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini sindirishdan iborat; 2)hududiy o’zgarishlar faqat milliy asosda o’tkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy Galiciya o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va G’arbiy Galiciya Polshaga o’tishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo’ljallangan edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat – Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak edi.

Bu dasturdan ko’rinib turibdiki Rossiya asosan o’zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qo’shimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining bo’g’ozlardan erkin, hech qanday to’siqsiz kechishini ko’zda tutar edi. Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davo’larini hali qilmagan edi.

Turkiyani bo’lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi. Sazonovning dasturiga o’z munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya Germaniyaga qo’shilsa, bu davlat barham topishi kerak”- dedi. U tinchlik dasturiga  german flotinig topshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari hisobga olinish kabi qo’shimchalar qo’shilshi kerakligini ta’kidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar o’rtasida mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bo’lib olish borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik kurash avj  oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li Erondan, turklarning o’ng qanotini aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz hukumati bunga yo’l qo’yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning fikricha Rossiya o’z kuchlarini german frontidan chalg’itmasligi kerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa, Konstantinopol(Istanbul) va bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga hal qilinishini takidlaydi.

Oradan ko’p o’tmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi. Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notada birinchi o’rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilar edi. Bo’g’ozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi kerakligi ta’kidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yo’l izlay boshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel bo’g’ozi kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan qo’rqib Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.

Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi. Greciya neytral bo’lib qoldi.

Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa, bo’g’ozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga shoshilmas edilar.

Germaniyaning bosqinchilik rejalari

Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi: ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha bo’lgan hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik va o’rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qo’liga berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.

Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bo’lar edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bo’lib, ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat hukmron doiralar uchun mo’ljallangan edi.

Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar. Ammo o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog Germaniyaning o’sha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini ta’kidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni Germaniya qo’l ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida francuz va nemis qo’shinlari o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.

Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo’ldi.

1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning  sharqiy chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bo’lmaganligi sababli Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradilar.


Èíôîðìàöèÿ î ðàáîòå «Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà»
Ðàçäåë: Èñòîðèÿ
Êîëè÷åñòâî çíàêîâ ñ ïðîáåëàìè: 37468
Êîëè÷åñòâî òàáëèö: 0
Êîëè÷åñòâî èçîáðàæåíèé: 3

Ïîõîæèå ðàáîòû

Ñêà÷àòü
57906
3
19

... «õîæäåíèå ïî ìóêàì» ó øêîëû çàêîí÷àòñÿ. ØÈÒÒ äî íîÿáðÿ 2004 ã. ôóíêöèîíèðîâàëà ïðè äåòñêîì ôîíäå èì. Ìèðçî Òóðñóí-Çàäå «Îø¸íè áàëàíä» â ñîîòâåòñòâèè ñ åãî óñòàâîì. Ñ 29 íîÿáðÿ 2004 ã. «Øêîëà èíôîðìàöèîííûõ è òåëåêîììóíèêàöèîííûõ òåõíîëîãèé -ØÈÒÒ» è åå óñòàâ áûëè çàðåãèñòðèðîâàíû Ìèíèñòåðñòâîì þñòèöèè Ðåñïóáëèêè Òàäæèêèñòàí (ðåã. ¹ 001-1455, íîìåð óäîñòîâåðåíèÿ Âà ¹ 0007038 ) êàê âíåøêîëüíóþ è ...

0 êîììåíòàðèåâ


Íàâåðõ